Подробнее
Rauf Jilasun ushbu romani orqali kitobxonga yetkazmoqchi bo‘lgan asosiy g‘oya: o‘sha davrda G‘arb madaniyati taʼsiriga berilib, u unutgan, o‘tkinchi ko‘ngilxushlikka mukkasidan ketib, umrini behuda narsalarga sarflayotgan yoshlarni o‘zligiga qaytarish va ularning iymonini qutqarishdir. Yozuvchining asosiy maqsadi aslo oddiy yozish emas, balki undan vosita sifatida foydalanish edi. Ushbu asar kitobxonlarga asl Islom madaniyatini anglatish maqsadida yozilganligi shubhasiz. O‘sha qaltis davrda musulmonlarning har qanday xatti-harakatlari qatʼiy qoralangan, sababsiz hibsga olingandi. Yoshlarni iymondan voz kechishga targ‘ib qilingan bir paytda, ushbu asar jamiyatni o‘zligiga qaytishi uchun bir chaqiriq sifatida yozilgan. "Tinmas ko‘zyoshlar" romanini ham "hidoyat romani " deb atasak, hecham mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
Дополнительная информация
- Издательство
- Zumar
- Вес
- 0.226 кг
- Тип обложки
- Yumshoq
- Размер
- 20x14x2 см
- Страниц
- 256 bet