Подробнее
Muallif: Tahsin Posho
Nashriyot: Ilm-ziyo-zakovat
Hajmi: 543 bet
Muqovasi: Yumshoq
Kitob haqida:
“Sulton Abdulhamidxonning sirdoshi” – bu oddiy tarixiy esdalik emas. Bu – Usmoniylarning so‘nggi qudratli sultoni Abduhamidxonning eng yaqin maslahatchisi, sirdoshi va ishonchli odami Tahsin Poshoning o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, yuragi bilan sezgan, ongida tahlil qilgan voqealarning jonli hikoyasidir.Kitobda sulton Abduhamidxonning murakkab shaxsi, siyosiy qarorlari, ruhiy dunyosi, iymoni, sabr-matoni va davlat boshqaruvidagi donishmandligi chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, muallifning sulton bilan uzoq yillar birga ishlaganligi sababli berilgan tafsilotlar tarixni faqat rasmiy hujjatlardan emas, balki ichki ko‘z bilan ko‘rishga yordam beradi.Orqa sahifadagi mulohazalarda ta’kidlanganidek, Tahsin Posho – o‘z zamonining zukko, aqlli, sadoqatli, halol va farosatli davlat arboblaridan biri bo‘lgan. Shuning uchun ham bu esdaliklar nafaqat tarixchilar, balki siyosatchilar, yozuvchilar va o‘quvchilar uchun ham bebaho manba bo‘lib xizmat qiladi.
Дополнительная информация
- Издательство
- Ilm-ziyo-zakovat
- Вес
- 0.475 кг
- Размер
- 20x15x3 см
- Страниц
- 544 bet