Подробнее
Sevishdan ham muhimroq narsalar bordir. His ettirish, iforidan bahra olib, o‘pish kabi... Baʼzan sevilishdan ko‘ra ko‘proq sevgan insoningizning borligini his etishni istaysiz. Borligini his eta olmagan insoningizni seva olmaysiz. Ayollar sevilganini eshitishdan ko‘proq buni his etishni istaydilar. Sevgan insonining sevgisini his etgan go‘zalroq ayol yo‘qdir dunyoda. Sevgan ayoliga sevgisini his ettiradigan erkakning ishqiga to‘yib bo‘lmaydi. Men bu kitobda o‘zimni senga his ettirish uchun yozdim. Men sevganim sari buni his ettirdim, sen his etganing sari uzoqlashding. Vaholanki, sen qalbimning go‘zal holati eding... Va o‘sha kuni shunday ketdingki, men o‘zimni his etmay qo'ydim.... Va shu qalb bilan seni sevishda davom etdim. Borligini his eta olmagan insoningizni seva olmaysiz...
Дополнительная информация
- Издательство
- Best Book
- Вес
- 0.212 кг
- Размер
- 20x13x1 см
- Страниц
- 216 bet