Подробнее
Ahmad Lutfiy Qozonchi – hozirgi zamon turk adibi, tarixchi olim. Eʼtiboringizga havola etilayotgan «Saodat asri qissalari» asli olti jild asar bo‘lib, nomidan ko‘rinib turganidek, saodat asridan, dinimiz tarixidagi ulkan voqealardan, xossatan, Janobi Payg‘ambarimizning (alayhissalom) tug‘ilishlaridan to vafotlariga qadar kechgan muborak hayotlaridan hikoya qiladi. Bu mavzuga bag‘ishlangan boshqa asarlardan farqi – muallif aniq tarixiy voqea-hodisalarni ishonchli manbalarga: hadisi sharif va siyrat kitoblariga suyangan holda ketma-ketlikda qo‘yib, o‘ziga xos badiiy yo‘sinda aks ettirganidir. Natijada u g‘oyat o‘qishli chiqqan. Bu asar o‘zbek o‘quvchilarimizga ancha yillardan beri tanish: shu paytgacha o‘zbekchada bir necha marta qayta chop qilingan. Inshaalloh, ushbu nashr ham sizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
Дополнительная информация
- Издательство
- Munir
- Вес
- 2.078 кг
- Размер
- 14x21x11 см