Подробнее
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan Jek London, asosan, Shimol haqida yozadi - uning xalqi, tabiati, jonivorlari hayotini shu qadar jonli va tiniq tasvirlaydiki, o‘quvchi qor yoki suv kechayotgan qahramon yonida turib eti junjikadi. Mehnatsevarlik, qahramonlik, fidoyilik bilan bir qatorda sadoqat va muhabbat tuyg‘ulari ham tarannum etiladi. Inson yashash uchun, to‘g‘rirog‘i, yaxshi yashash uchun kurashishi kerakligi va bu har bir odamning bosh maqsadi bo‘lishi lozimligi Jek Londonning barcha hikoyalarida o‘z aksini topadi.
Дополнительная информация
- Издательство
- Yangi asr avlodi
- Вес
- 0.115 кг
- Размер
- 20x13x1 см
- Страниц
- 176 bet
 
  
 
  
 
                      
                      
                         
                      
                      
                         
                      
                      
                        