Подробнее
«Hadis va Hayot» silsilasining mazkur juzi «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari fazilatlari» deb nomlanadi.Mazkur juzga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning barcha azvoji mutohharalari – pok jufti halollari, qizlari hamda ahli baytga eng yaqin bo‘lgan ikki sahobiya - Ummu Ayman va Ummu Sulaym roziyallohu anholar haqidagi maʼlumotlar kiritildi. Ushbu kamtarona harakat samarasini «Nubuvvat xonadoni xonimlari» deb nomladik. Musulmonlar ommasiga bu ulug‘ zotlar haqidagi batafsil maʼlumotlar juda ham zarur. Zero, hozirgi va kelgusi avlod ayol-qizlarimiz, xonimlarimiz uchun shaxsiy o‘rnakning eng oliy darajasi aynan ushbu pok zotlardir.
Дополнительная информация
- Издательство
- Hilolnashr
- Вес
- 0.455 кг
- Размер
- 21x14x3 см
- Страниц
- 456 bet