Подробнее
"Yolg‘izlikning yuz yili", "Oshkora qotillik qissasi" asarlari muallifi, Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsia Markes jahon adabiyotida o‘z so‘zi va o‘ziga xos uslubiga ega ijodkorlardan sanaladi. O‘z davrida Frans Kafka, Marsel Prust, Uilyam Folkner, Jeyms Joys asarlari Markes dunyoqarashi, badiiy tafakkuri rivojiga sezilarli taʼsir ko‘rsatgan va mana shunday ichki vulqonlar natijasi o‘laroq adib nomini olamga yoygan buyuk asarlar dunyoga kelgan. O‘quvchilar eʼtiboriga navbatda havola etilayotgan "Buzrukning kuzi" romani ham shu kabi hayratlar mevasidir va mazkur asar o‘z davrida yozuvchiga katta shon-shuhrat keltirgan. Markesning o‘zi bu haqda shunday deydi : "Buzrukning kuzi" - meni toabad unutilishdan saqlaguvchi asardir". Asar mutolaasi orqali ziyrak kitobxonlarimizni Markescha hayratlar olamiga yetaklaymiz.
Дополнительная информация
- Издательство
- Yangi kitob
- Вес
- 0.351 кг
- Размер
- 21x14x3 см
- Страниц
- 416 bet
 
  
 
  
 
                      
                      
                         
                      
                      
                         
                      
                      
                        