Tafsilot
Allohga shukrlar bo‘lsinki, hozirgacha yurtimizda Qurʼoni Karimga doir bir qator kitoblar chop qilinib, xalqimiz qo‘liga yetib bordi. Ammo yuqorida biz so‘z yuritgan mavzu – xatmi Qurʼon haqida haligacha biror maxsus asar yo‘q edi. Yosh tadqiqotchilarimizdan Hasanxon Yahyo Abdulmajid tarafidan tayyorlangan ushbu «Xatmi Qurʼonga marhabo!» nomli kitob bu boradagi birinchi qadam bo‘ldi. Risola juda ham ravon, lo‘nda tili va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Unda juda ko‘p qimmatli maʼlumotlar o‘rin olgan. Ayniqsa, xatmi Qurʼon duosiga doir satrlar hech kimni befarq qoldirmasa kerak. O‘ylaymizki, bu kitob avvalo qorilarimiz uchun, qolaversa, barcha mo‘min-musulmonlar uchun ajoyib qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot
- Nashriyot
- Hilolnashr
- Og‘irligi
- 0.212 kg
- Muqova turi
- Qattiq
- O'lchamlari
- 15x11x2 sm
- Sahifalar
- 336 bet