Tafsilot
Kitob mazmunli hayot kechirish, baxtli-saodatli bo‘lish, turmush mashaqqatlarini yengish, salomatlikni asrash, halol yo‘l bilan boyish, oila farog‘ati, er va xotin munosabatlari, qiz va yigitlarni turmushga tayyorlash, maʼnaviy va ruhiy olamni boyitish kabi ko‘plab hayotiy mavzularni qamrab oladi. Insonning ruhiy olamini inkor etib, faqat moddiyatni targ‘ib qiladigan g‘arb dunyosida tinmay nashr etilayotgan hamda kishilarga haqiqiy baxt-iqbolga erishish yo‘llarini o‘z andozalari orqali ko‘rsatadigan kitob va dasturlardan farqli o‘laroq ushbu kitobda sof insoniy munosabatlar, asl qadriyatlar, iymon-eʼtiqodning tamal toshlari haqida so‘z yuritiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot
- Nashriyot
- Hilolnashr
- Og‘irligi
- 0.799 kg
- Muqova turi
- Qattiq
- O'lchamlari
- 22x15x4 sm
- Sahifalar
- 640 bet