Tafsilot
Qo‘lingizdagi allomaning ushbu risolasida qabr hayoti, Qiyomat va undan oldinroq voqe bo‘ladigan holatlar Qurʼon va hadisi shariflarga asoslangan holda bayon qilinadi. Shuningdek, kitobda Dajjolning chiqishi, uning sifatlari haqida ham Islom dinining hujjatlari asosida so‘z yuritiladi. Umuman, kitob har bir mo‘min-musulmon uchun zarur va kerakli manba vazifasini o‘taydi. Zero, Allohning roziligi yo‘lida Qiyomat va oxirat tadorigini ko‘rish bandaga bu dunyoda solih amallar qilmog‘i uchun berilgan bir imkoniyatdir. Bu dunyo foniy, oxirat diyori esa abadiy va boqiydir. Unda halovat topmoq uchun esa go‘zal amallar qilishga intilib yashash lozim.
Qo‘shimcha ma’lumot
- Nashriyot
- Munir
- Og‘irligi
- 0.254 kg
- O'lchamlari
- 21x14x1 sm
- Sahifalar
- 192 bet