Tafsilot
Hoy, bolajonlar! "Qirmizi futbolkaning sarguzashtlari" kitobining qahramoni - girmizi futbolka bilan tanishing. Ishlab chigarilgan tikuv xonasidan boshlangan safarida unga hamrohlik qilishni istaysizmi? Qahramonimiz kiyim do’konidan Jo'shqinning tug'ilgan kuni bazmiga, fasldan faslga, qarindoshlarning uyidan chang artkichlarning javonigacha ko'p marta joyini o'zgartirdi. Eng oxirida chiqindixonagacha bo’lgan hayoti davomida turli tuyg'ularni his etdi. Orttirgan do'stlari, baham ko'rgan hislari, to’plagan xotiralari unga ko'p narsalarni o rgatdi. Qirmizi futbolka eskirmaslik uchun uringan, ammo boshiga tushgan o'zgarishlarga ko'nikkan kitob qahramoni sifatida bizga quyidagi qo’shiqni kuylab beradi: Shunchaki bir futbolka, deb o'ylamang, Hislarim - hayotimning mazmuni. Yaxshi ko'raman, kulaman, yig'layman, Hamma kabi yashayman men ham. Zamon o'tar, men jo'sharman, Hayot juda go'zal, do’stlarim...
Qo‘shimcha ma’lumot
- Nashriyot
- Pingvin books
- Og‘irligi
- 0.144 kg
- O'lchamlari
- 21x24x0 sm
- Sahifalar
- 36 bet