Tafsilot
Javlon Jovliyevning “Ozodlik” hikoyasi bergan hissiyotni Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asaridan ham olgandim. Bizni mustamlaka qilganlarga, ikkinchi yoki uchinchi sort sifatida qaraganlarga har ikki asarni oʻqigan kishida kuchli nafrat paydo boʻladi. SSSRni maqtaganlardan esa beixtiyor irganasan kishi. Quyida sizlarga Javlon akaning “Lobar, Lobar, Lobarim mening” kitobidan joy olgan “Ozodlik” hikoyasidan parcha keltiraman. Oʻzbek muhandisi va boʻlajak kashfiyotchisiga bosqinchilar tergovchisining nima deyotganini bir oʻqib koʻring-a… “Obkom sekretari menga seni “mashhur kashfiyotchi”, “ittifoqning faxri boʻlishi mumkin”, dedi… Sen paxta teradigan zamonaviy traktorlar ishlab chiqmoqchi emishsan. Shuni bilki, buni hech qachon eplolmaysan. Sen qayerda-yu, bizning mexaniklar, muhandislar qayerda?! Ular necha yillardan beri qila olmagan ishlarni sen – qandaydir chekka rayondan chiqqan omi, qishloqi odam eplaydimi? Shu chirigan rayoningdan chiqib-a?! Sen undan koʻra koʻp bola tugʻdir… Paxta oʻz-oʻzidan teriladi… Bolalaring yaxshi paxtakor boʻladi. Kashfiyotingni xotinlaringni ustida qilinglar. Shunda sen – qahramon ota, xotining oʻnta tuqqan qahramon ona, bolalaring esa ilgʻor terimchi boʻlishadi…”
Qo‘shimcha ma’lumot
- Nashriyot
- Pharos ambition
- Og‘irligi
- 0.106 kg
- O'lchamlari
- 20x13x1 sm
- Sahifalar
- 160 bet