Tafsilot
«Hadis va Hayot»ning navbatdagi kitoblari «Fitnalar va Qiyomat alomatlari kitobi» hamda «Qiyomat, jannat va do‘zax kitobi» deb nomlanadi. Bu kitoblarda keladigan barcha masalalar aqoid ilmida “g‘aybiyot” deb nomlanadi. G‘aybiyot deganda bizdan g‘oyibda bo‘lgan, faqat ishonchli xabar bilangina maʼlum bo‘ladigan, shuning uchun qanday kelgan bo‘lsa, shunday iymon keltiriladigan narsalar tushuniladi. Bunday narsalarni bilish uchun ko‘z, aql va boshqa vositalar omil bo‘la olmaydi. Ularni ko‘rish, ushlash, eshitish yoki qaysidir aʼzo bilan his qilish mumkin emas. Ular haqidagi maʼlumotlar bizga faqat Qurʼoni Karim va hadisi shariflar orqali kelgan bo‘lib, ularga iymon keltirish har bir mo‘min-musulmon uchun zarurdir.
Qo‘shimcha ma’lumot
- Nashriyot
- Hilolnashr
- Og‘irligi
- 0.246 kg
- O'lchamlari
- 1x14x21 sm
- Sahifalar
- 208 bet