Tafsilot
Sodda, ayni paytda ruhning qat-qatlarigacha kirib boruvchi xitoblari bilan tanilgan muallif Ali Jobir Fayfiyning ushbu kitobi kim haqida ekanligini risola uchun tanlangan nomdan ham bilib olish qiyin emas. Albatta, «buyuk shaxsiyat» deyilganda har bir musulmonning ko‘z o‘ngiga birinchi bo‘lib olamlarga rahmat o‘laroq yuborilgan Muhammad sollallohu alayhi vasallam keladilar. Kitobda Nabiy alayhissalomning basharning eng afzali va eng go‘zal xulqlisi sanalishlariga sabab bo‘lgan go‘zal xislatlari, aqllarni lol qoldiruvchi hikmatlari haqida so‘z boradi.
Qo‘shimcha ma’lumot
- Nashriyot
- Munir
- Og‘irligi
- 0.229 kg
- O'lchamlari
- 21x13x2 sm
- Sahifalar
- 176 bet