Detail
Siz o‘qishga hozirlangan "Uch qalb" romani muallifi Jek Londonning hayoti ham xuddi romanlardagidek kechgan edi. U hayotiy yorqin taassurotlaridan o‘z asarlari uchun syujet xam chiza olgan. Jek zavod ishchisi, oltin qazuvchi va hattoki qaroqchining hayoti qanday ekanligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan edi va “sarguzashtlar”ga bo‘lgan ishtiyoqini asarlaridan ham yaqqol sezish mumkin. Jek juda erta inson qalbining tubiga kirib borish va boshqalarning harakatlarini tushunish qobiliyatini namoyon etgan ijodkorlardan ekani bejiz emas. Yozuvchining so‘nggi romani - "Uch qalb"da o‘quvchilar xazina izlovchilar Frensis va Genri Morganning sarguzashtlari hamda ularning go‘zal Leonsiyaga bo‘lgan sevgisi va uning o‘zaro his-tuyg‘ulariga guvoh bo‘ladi. Biroq, ular kechirgan his va ehtiroslarning paydo bo‘lishi qahramonlarning ochiq va samimiy tabiatini o‘zgartirmaydi. Chunki ularning muhabbati hiyla-nayranglarga yot va xiyonat qilishga qodir emas.
Additional information
- Publisher
- Info Capital books
- Weight
- 0.294 kg
- Cover type
- Yumshoq
- Size
- 20x14x2 cm
- Pages
- 432 bet