Detail
Nomusli odam Vatan uchun jonini fido qilishi mumkin, millat uchun jonini fido qilishi mumkin, din-eʼtiqod uchun jonini fido qilishi mumkin, Turkistonda Vatan ham, millat ham, din-eʼtiqod ham yo‘q edi. Vatan o‘z farzandiga boshpana beradi, panoxida asraydi o‘z farzandini; millat o‘z farzandini himoya qiladi, boshini sislaydi; din-eʼtiqod haqiqiy farzandning imonini mustahkamlaydi. Vatan va millat uchun jonini fido etishdan ham qaytmaydigan insonning tayanch nuqtasi bo‘ladi. Turkistonda din bor edi, lekin diyonat yo‘q edi; musulmon bor edi, lekin yagona eʼtiqod birligi yo‘q edi. Vatan bilan millat esa podshoh va uning atrofidagi bir xovuch amal dorlarning xususiy mulkiga aylantirib olingan edi. Birovning xususiy mulki uchun jinnixonadan qochib chiqqan tentak ham o‘zini o‘tdan cho‘qqa urmaydi. O‘z holicha xon bo‘lib karillab yurgan diktatorlar odamlar qalbidan Vatan tuyg‘usini, millat tushunchasini sitib chiqarib tashlaydi Yaxshiyamki, ular dinni xususiy qilib ololmaydi, dinni odamlar qalbidan sitib chiqarib tashlay olmaydi. Dina odamlarni yoppasiga qo‘y-ko‘ziga aylanib ketishdan saqlab koladi.
Additional information
- Publisher
- Trust and Support
- Weight
- 0.482 kg
- Cover type
- Yumshoq
- Size
- 20x14x3 cm
- Pages
- 512 bet