Detail
Qashshoqlikdan qutulish mumkin. Savol esa — “qanday qilib?” Qanday qilib mamlakatlar farovonlikka erishishi mumkin? Farovonlikning asl kaliti nimada? Ko‘plar bu savollarga turli javoblarni taklif qilsa-da, dunyodagi eng taniqli universitet - Harvard professori Kleyton Kristensen boshchiligidagi tadqiqotchilar "Farovonlik paradoksi" kitobida boshqalardan farq qiladigan, lekin dalillarga asoslangan amaliy yechimlarni taqdim etishgan. Kitobda mualliflar nafaqat AQSH yoki Yevropa mamlakatlari, balki Meksika, Yaponiya, Janubiy Koreya va hatto Nigeriya kabi turli davlatlar misolida innovatsiyalar qanday qilib millionlab insonlarning turmush tarzini o‘zgartirganini ochib beradi. Ular real hayotiy misollar orqali ko‘rsatadi: nima uchun ba’zi mamlakatlar tez rivojlanadi va bu rivojlanishga nima sabab bo‘ladi? Kitob sizni nafaqat iqtisodiyot va innovatsiyalar bilan tanishtiradi, balki kengroq savollarni qo‘yadi: nimaga aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ko‘plab qarorlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi? Bu savollar, Kristensenning ilmiy tadqiqotlari bilan birga, global rivojlanishning zamonaviy muammolarini yanada tushunishga yordam beradi.
Additional information
- Publisher
- Asaxiy books
- Weight
- 0.431 kg
- Size
- 21x14x2 cm
- Pages
- 376 bet